2026-yilda 1 million aholi doimiy ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Ishsizlik va kambag‘allikni 4,5 foizga tushirish rejalashtirilmoqda
2026-yilda 1 million aholi doimiy ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda
2026-yilda 1 million aholi doimiy ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda / Foto: tsuull

2026-yilda 1 million aholi doimiy ish bilan ta’minlanish, shuningdek, ishsizlik va kambag‘allikni 4,5 foizga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Davlat rahbari mahalla tizimining ishga solinishi bo‘yicha hokimlar va mutasaddilarga metodik yordam yetishmasligini, shuningdek, ko‘plab hududlarda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanilmayotganini ta’kidladi.

Arnasoyda chorvachilik, Sho‘rchida banan yetishtirish, Quvada anorchilik va Bo‘stonliqda asalarichilik kabi tajribalar boshqa tumanlar uchun yaxshi namuna bo‘lishi mumkin, ammo buni kengaytirish tizimi yo‘qligi qayd etildi.

Mutasaddilarga ishsizlik va kambag‘allik yuqori bo‘lgan mahallalardagi imkoniyatlarni o‘rganib, tajribalarni kengaytirish bo‘yicha metodik qo‘llanma tayyorlash topshirildi. Shuningdek, Mirziyoyev 2026-yil uchun 1 mln aholini doimiy ish bilan ta’minlash, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘allikdan xoli mahallalar sonini 2,5 barobar oshirib, 3,5 mingga yetkazish, ishsizlik va kambag‘allikni 4,5 foizga tushirish kabi vazifalarni belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT 2026-yilda 186 mln kishi ishsiz qolishini ma’lum qilgandi. BMT Yangiliklar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, qariyb 300 million ishchi o‘ta qashshoqlikda yashashda davom etmoqda va kuniga $3 dan kam daromad oladi. Shu bilan birga, norasmiy bandlik o‘sib bormoqda: 2026-yilga kelib, 2,1 milliard kishi ijtimoiy himoya, mehnat huquqlari yoki ishdagi xavfsizligi bo‘lmagan holda ishlaydi.

Shuningdek