
26-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 51,97 so‘mga tushib, 12 084,95 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
16-yanvar kuni dollar pasayishda davom etib, 11 969,66 so‘mni tashkil etdi. 19-yanvarda dollar 6,88 so‘mga pasayib, 11 962,78 so‘m, 20-yanvarda 88,93 so‘mga oshib, 12 050 so‘m, 21-yanvarda 21,58 so‘mga oshib, 12 072 so‘m, 22-yanvarda esa 48,78 so‘mga oshib, 12 122,07 so‘m etib belgilandi. 23-yanvarda 14,85 so‘mga oshib, 12 136,92 so‘mga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 8,8 so‘mga tushib, 14 141,82 so‘mni, rubl 0,68 so‘mga tushib, 159,31 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.