AQSh JSSTni rasman tark etdi

AQSh rasmiy ravishda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotidan (JSST) chiqdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Donald Tramp bir yil oldin JSSTdan chiqish uchun qaror imzolagan edi. U pandemiya davrida tashkilotni Xitoyga yo‘naltirilgan deb tanqid qilgan edi.
Pandemiya ortidan JSST a’zo davlatlari kelajakdagi pandemiyalarga tayyor turish, vaksinalar va dori-darmonlarni adolatli bo‘lishini ta’minlash uchun xalqaro pandemiya bitimini ishlab chiqishga harakat qilishdi. Ushbu bitim 2022-yil aprelida barcha a’zo davlatlar tomonidan tasdiqlandi, lekin AQSh bu jarayondan tashqarida qoldi.
Qo‘shma shtatlar an’anaviy ravishda JSSTning eng katta donorlaridan biri bo‘lgan, ammo 2024 va 2025-yilga mo‘ljallangan to‘lovlarni amalga oshirmagan, bu esa tashkilotda katta ish o‘rinlari yo‘qolishiga sabab bo‘ldi.
JSST advokatlari Qo‘shma shtatlarni $260 million (taxminan 193 million funt sterling) qarzini to‘lashga majbur deb hisoblaydi, biroq Vashington bunga hech qanday sabab ko‘rmagan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri JSST Yangi yil arafasida ogohlantirish bilan chiqdqani haqida yozgan edi.