Lifestyle

Crocs kompaniyasi Lego poyabzallarni taqdim etdi

Har bir juft poyabzal narxi $150
Foto: Crocs

Crocs kompaniyasi Lego bilan birgalikda brendning mashhur kublari shaklida yangi poyabzal kolleksiyasini taqdim etdi. Bu haqda Afisha Daily nashri xabar berdi.

Xaridorlarga poyabzal qizil va sariq ranglarda taklif qilinadi. Har bir juft poyabzal narxi $150 bo‘lib, har bir juft bilan birga miniatur Crocs kiygan kichik Lego figuri beriladi.

Foto: Crocs

Yangi kolleksiya savdosi 16-fevraldan boshlanadi. Shu paytgacha, moda olamida mashhur eston musiqachisi Tommi Kesh Parij moda haftaligida ushbu poyabzalni sinab ko‘rgan.

Crocs kompaniyasi muntazam ravishda yirik brendlar bilan kolaboratsiyalarni chiqaradi. Masalan, 13-yanvar kuni Crocs x Coca-Cola poyabzallari sotuvga chiqdi: bir variant klassik kola rangida, ikkinchisi esa dietik kola uslubida ishlab chiqilgan. Har bir juft poyabzal narxi $70.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Lego yangi Smart play texnologiyasini taqdim etgani haqida yozgandi.