Yangiliklar

Makronning ko‘zoynagi ishlab chiqaruvchiga 4 million dollar foyda keltirdi

iVision Tech kompaniyasining aksiyalari keskin oshdi
Foto: globalbankingandfinance.com

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida quyoshdan saqlovchi ko‘zoynakda ko‘rinish berdi. Davlat rahbarining ushbu imiji kutilmaganda ko‘zoynak ishlab chiqaruvchi kompaniya kapitallashuvining keskin o‘sishiga sabab bo‘ldi.

Prezidentning chiqishidan so‘ng iVision Tech kompaniyasi aksiyalari birjada 28 foizga ko‘tarilgan. Natijada kompaniyaning bozor qiymati $4,1 mlnga oshgan. Ma’lum bo‘lishicha, Makron minbarda Henry Jullien brendiga tegishli Pacific S 01 modelini taqqan. Ushbu aksessuarning narxi $773,8 tashkil qiladi.

Foto: Robb Report

Yelisey saroyining rasmiy versiyasiga ko‘ra, prezident ko‘zlaridagi muammo tufayli ko‘zoynak taqishga majbur bo‘lgan. Biroq internet foydalanuvchilari uning yangi obrazini mashhur «Mohir mergan» (Top Gun) filmi qahramoni Tom Kruzga qiyoslab, ijobiy munosabat bildirishmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransiya prezidenti xotinini «erkak» deb da’vo qilgan 10 kishi jazoga tortilgani haqida xabar bergan edi.