Nukusda ayol ishtirokida temir yo‘l hodisasi yuz berdi

22-yanvar kuni Gidrouzel va Nukus temir yo‘l stansiyalari oralig‘ida yo‘lovchi poyezdi ishtirokida fojiali hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol kishi temir yo‘lni o‘tish uchun mo‘ljallanmagan joydan kesib o‘tishga uringan va poyezd ostida qolib ketgan.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi yo‘l harakati qoidalarini buzgan hamda o‘z shaxsiy xavfsizligiga yetarlicha e’tibor bermagan. Hodisa yuzasidan mas’ul xizmatlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, barcha holatlar aniqlashtirilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ushbu voqea munosabati bilan fuqarolarni yana bir bor ogohlantirib, temir yo‘llarni faqat belgilangan joylardan va qat’iy xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda kesib o‘tish zarurligini eslatdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ispaniyada poyezd ustiga devor qulab tushgani haqida yozgandi.