
Og‘ir tumanlardagi 903 ta mahallaning har biriga 1 mlrd so‘mdan ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi. Har bir og‘ir tumanga 50 mlrd so‘m, har bir og‘ir mahallaga esa 2 mlrd so‘mdan mablag‘ yo‘naltiriladi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida infratuzilma, turmush darajasi, biznes faolligi va moliyaviy imkoniyatlar kabi 20 ta mezon asosida 37 ta og‘ir tuman aniqlandi. Shuningdek, har bir tuman tahlil qilinib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 903 ta og‘ir mahalla tanlab olindi.
Kambag‘al oilalarning uchdan biri, ishsizlarning 21 foizi aynan ushbu 37 ta tuman va 903 ta mahallada yashaydi.
«Asosiy kuchni ushbu 70 ta tuman va 1 mingta “og‘ir» mahallaga yo‘naltirsak, respublikada kambag‘allik darajasini 3 foizdan pasaytirishga erishamiz”, — dedi davlat rahbari.
33 ta tuman va 330 ta og‘ir mahallaga infratuzilma va yashash sharoitlarini yaxshilash ishlari boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston va YTTB strategik hamkorlikni kengaytirishni muhokama qilgani haqida yozgan edi.