Banklar va moliya

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 9,8 mln so‘mga yaqinlashdi

Ilk bor quymalarni sotish narxi oshib, qaytarib sotib olish narxi keskin pasaydi
oltin narxi
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi 9,8 mln so‘mga yaqinlashdi / Foto: sweet_tomato / depositphotos.com

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 9,793 mln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank 22-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:44 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Bugungi narxlarning e’tiborli jihati shundaki, ilk bor quymalarni sotish narxi oshib, qaytarib sotib olish narxi keskin pasaydi. Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 9,717 mln so‘mdan 9,793 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 9,340 mln so‘mdan 9,322 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 9,245 mln so‘mdan 9,228 mln so‘mga tushdi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm9 793 000 so‘m9 322 000 so‘m9 228 000 so‘m
10 gramm19 585 000 so‘m18 644 000 so‘m18 455 000 so‘m
20 gramm39 171 000 so‘m37 288 000 so‘m36 911 000 so‘m
50 gramm97 927 000 so‘m93 219 000 so‘m92 277 000 so‘m
100 gramm195 854 000 so‘m186 438 000 so‘m184 555 000 so‘m

Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Jahon bozorida 23-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 10:06 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $4 956 mingni tashkil etdi. Manbalarga ko‘ra, ushbu o‘sishga siyosiy noaniqlik va kutilmalarning yumshashi sabab bo‘lgan.