O‘zbekistondagi to‘rtta oliygoh xalqaro reytingdan joy oldi

eʼlon qilindi
Fanlar bo‘yicha
OTMlar soni qancha
O‘zbekistondagi to‘rtta oliygoh xalqaro reytingdan joy oldi / Foto: Sun’iy intellekt

Buyuk Britaniyaning Times Higher Education reyting tashkiloti 2026-yil uchun fanlar bo‘yicha eng nufuzli universitetlar ro‘yxatini e’lon qildi. O‘zbekistonning to‘rtta oliy ta’lim muassasasi mazkur ro‘yxatdan joy oldi.

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti tabiiy fanlar, matematika va statistika bo‘yicha 301 – 400, muhandislik fanlari bo‘yicha 401 – 500 o‘rinlarni egalladi. O‘zbekiston milliy universiteti tabiiy fanlar, matematika va statistika fanlari bo‘yicha 801 – 1000 o‘rinlarni oldi.

Toshkent davlat texnika universiteti tabiiy fanlar, matematika va statistika bo‘yicha 501 – 600, muhandislik fanlari bo‘yicha 801 – 1000 o‘rinlarni egalladi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 601 – 800, muhandislik bo‘yicha 801 – 1000, kompyuter ilmlari va dasturlash fanlari bo‘yicha 1001+ o‘rinlarni oldi.

Shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilk bor fanlar reytingida qatnashdi. Ma’lumot uchun, Times Higher Education xalqaro reytingi universitetlarni 11 ta yo‘nalish va 148 ta fan kesimida baholaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning 22 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy olgan edi.

Shuningdek