Pilla kooperativini tashkil etish uchun ehtiyojmand oilalarga 4 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi

eʼlon qilindi
2 ming gektar o‘rmon yeri 4 ming kambag‘al oilaga 50 sotixdan tutzor qilish uchun 10 yilga bepul beriladi
Pilla kooperativini tashkil etish uchun ehtiyojmand oilalarga 4 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi
Foto: Pexels

2026-yilda pilla kooperativini tashkil etish uchun ehtiyojmand oilalarga 4 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirpokidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shuningdek, 2 ming gektar o‘rmon yeri 4 ming kambag‘al oilaga 50 sotixdan tutzor qilish uchun 10 yilga bepul beriladi. Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari uchun bir qator subsidiya va kompensatsiyalar ajratiladi. Sertifikati bor ko‘chatlarni sotib olish xarajatining yarmi davlat budjetidan qoplab beriladi. Mevaning turiga qarab, 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.

Tomorqasiga tomchilab sug‘orishni joriy qilganlarga har bir sotix uchun 160 ming so‘m kompensatsiya to‘lanadi. Shuningdek, agar usta dehqonlar mahalladagi har 10 ta xonadonda eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ysa, 2 million so‘m mukofot oladi. Agar bu amaliyot tomorqasi bo‘lgan xonadonlarning kamida 30 foizida amalga oshirilsa, yana 75 mln so‘m miqdorida mukofot ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Og‘ir tumanlardagi 903 ta mahallaning har biriga 1 mlrd so‘mdan ajratilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek