
Qozog‘iston Tinchlik kengashiga a’zo bo‘ldi, ammo tashkilotning nizomi bo‘yicha a’zolik uchun belgilangan milliard dollarlik majburiy moliyaviy to‘lovni amalga oshirmadi. Bu haqda Akorda matbuot xizmati xabar berdi.
Davosda Tinchlik kengashining Nizomini imzolash marosimi o‘tkazildi. Akorda bayonotida ta’kidlanishicha, dunyo kengashiga kirish uchun davlatning mustaqil qarori zarur bo‘lgan.
«Nizomda ko‘rsatilgan bir milliard dollarlik ko‘ngilli to‘lov a’zolik uchun majburiy shart emas. Bu har bir ishtirokchi davlatning huquqi hisoblanadi. Agar to‘lov birinchi yil ichida amalga oshirilsa, davlat o‘zining kengashda qolish muddatini uch yildan ortiq uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq, Qozog‘iston kengashga a’zo bo‘lish uchun hech qanday moliyaviy to‘lov amalga oshirmagan va bu Nizomga to‘liq mos keladi», — deya qayd etildi matbuot xizmati bayonotida.
Ma’lumot o‘rnida, 22-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashining Nizomini imzoladi. Kengashga 19 davlat a’zo bo‘ldi.