
Samsung kompaniyasi Janubiy Koreyada $700 mlrd kapitalizatsiyaga yaqinlashgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Kompaniya aksiyalari qisqa vaqt ichida 160 000 vonni (taxminan $110) oshib, Samsung Electronicsning bozor kapitalizatsiyasini 1000 trillion vonni (taxminan $700 mltd) orttirgan.
So‘nggi yil davomida Samsung aksiyalari uch barobar oshgan. Xotira bozoridagi holatni inobatga olgan holda, aksiyalar yanada o‘sish tendensiyasini ko‘rsatishi kutilmoqda, chunki Samsung xotira ishlab chiqarish bozorida yetakchilardan biri hisoblanadi.

Ma’lumki, Janubiy Koreyada aksiyalar odatda bozordagi kapital cheklovlari sababli past baholanadi, ammo Samsung kompaniyasi nafaqat kompaniya, balki yirik iqtisodiy fenomen bo‘lib qolmoqda. Hozirda mamlakatda 20 yoshgacha bo‘lgan 400 000 dan ortiq odamlar Samsung aksiyalariga egalik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng yaxshi Samsung smartfonlari taqqoslangani haqida yozgan edi.