Yangiliklar

Shimoliy Orol dengizi hajmi 34 mlrd kubometrga yetkaziladi

Hozirda dengizdagi suv hajmi taxminan 23 mlrd m³ ni tashkil qiladi
Shimoliy Orol dengizining hajmi 34 km³ ga yetkaziladi / Foto: inbusiness.kz

Qozog‘istonda Shimoliy Orol dengizi hajmi keyingi besh yil ichida 34 mlrd kubometrga yetkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Suv resurslari va sug‘orish vaziri Nurjan Nurjigitov ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Orol dengizini saqlash va tiklash nafaqat ekologik, balki ijtimoiy va strategik vazifa hisoblanadi. Hozirda dengizdagi suv hajmi taxminan 23 mlrd kubometrni tashkil etadi. Bu esa 2023-yil boshidagi 18,4 mlrd kubometrga nisbatan sezilarli oshgan.

Loyihaning ikkinchi bosqichi deyarli yakunlandi. Koko‘ral to‘g‘oni qayta qurilmoqda va suv sathini 44 metrga ko‘tarmoqchi. Bu chora Shimoliy Orol dengizining maydonini 3,9 ming kvadrat kilometrga oshirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Orol dengizining qurigan tubida yangi ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshlagan edi.