
M.Video kompaniyasi 2025-yilda smartfon egalari tomonidan servisga eng ko‘p qilingan murojaatlarni tahlil etib, asosiy muammolarni e’lon qildi.
To‘lov asosida amalga oshirilgan ta’mirlashlarda eng ko‘p uchragan muammo buzilgan ekran bo‘lib, barcha murojaatlarning 46 foizni tashkil etdi. Akkumulyatorning zaiflashishi esa 29% murojaatlarga sabab bo‘ldi. Quvvat olishdagi muammolar (charger kabelining ishlamasligi yoki notekis ishlashi) 19 foizni tashkil etdi. Qolgan 6 foiz murojaatlar esa orqa qopqoqning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Kafolat asosida amalga oshirilgan ta’mirlarda esa boshqa muammolar ko‘proq uchragani qayd etildi. Eng ko‘p murojaat qilganlar telefonning yoqilmasligi (27%), tez bo‘shashayotgan akkumulyator (16%) va kamera yoki boshqa funksiyalarning ishlamasligi (8%). Shu bilan birga, SIM-karta tanilmasligi va tarmoq muammolari kabi holatlar ham uchrab turdi.
Bundan tashqari, telefonning isitilishi yoki ovozsiz ishlash kabi muammolar ham mavjud bo‘lgan. Ko‘p uchramagan, ammo muhim bo‘lgan muammolar orasida ekranning yonib ketishi, FaceID tizimi ishlamasligi va Wi-Fi’ga ulanmaslik holatlari ham kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan eng yaxshi Samsung smartfonlari taqqoslangani haqida yozgandi. You Tube’dagi AcroDry kanali Galaxy S25 Ultra va Fold 7 o‘rtasidagi farqlarni ko‘rib chiqdi.