
Ilon Mask Tesla kompaniyasining Optimus robotlarini sotish 2027-yil oxiriga borib boshlanishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar beradi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yil oxiriga kelib robotlar ancha murakkab vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U ta’kidlaganidek, Optimus robotlari allaqachon Tesla zavodlarida ishlatilmoqda. Ularga oddiy ishlab chiqarish operatsiyalari topshirilgan.
Amerikalik milliarderning qayd etishicha, robotlarning keng ko‘lamli sotuvlari faqat yuqori darajadagi ishonchlilik va xavfsizlik ta’minlangach amalga oshirilishi mumkin.
Mask shuningdek, Optimus loyihasi Tesla kompaniyasining uzoq muddatli rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA kosmosda manipulyator robotini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgan edik.