Toshkent 2027-yilda og‘ir atletika bo‘yicha jahon turniriga mezbonlik qiladi

23-yanvar 2026 20:43 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Toshkent 2027-yilda og‘ir atletika bo‘yicha jahon turniriga mezbonlik qiladi / Foto: Milliy olimpiya qoʻmita

Toshkent shahri 2027-yilda og‘ir atletika bo‘yicha jahon turniriga mezbonlik qiladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mazkur musobaqa 2028-yilgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar beriladigan beshta asosiy turnir qatoriga kiradi. Kutilayotgan yirik sport tadbiri poytaxtdagi Olimpiya shaharchasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston og‘ir atletlari 2025-yilgi jahon yoshlar chempionatida to‘rtta medal qo‘lga kiritgan — ikki kumush va ikki bronza medali. Jumladan, Marjona Abdumutalova ikki turdagi musobaqada ikki marta kumush va bir marta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent 2026-yilda nufuzli xalqaro sport tadbirlariga mezbonlik qilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek