
Toshkent shahrida qor yog‘ishi va qishki ob-havo sharoiti bilan bog‘liq ishlarga minglab xodimlar jalb qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Ayni paytda Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan 230 ga yaqin maxsus texnikalar qor tozalash ishlariga jalb etilgan.
Ma’lum qilinishicha, qorni tozalash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash ishlari shaharning 793 ta ko‘chasini qamrab olgan. Jarayonlar kuchaytirilgan rejimda, uzluksiz tartibda amalga oshirilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda qor sababli aholi ogohlantirilgani haqida yozgandi.