
AQSh prezidenti Donald Tramp JPMorgan Chase banki va uning bosh direktori Jeymi Dimonga qarshi $5 mlrdlik da’vo arizasini topshirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Tramp bankni o‘zi va kompaniyalariga tegishli hisob raqamlarini yopib, siyosiy maqsadlar uchun moliyaviy cheklovlar qo‘llashda aybladi. Da’voda bankning qora ro‘yxat tuzgani, mablag‘larni boshqa moliya institutlariga ko‘chirishga majbur qilish orqali uning obro‘siga zarar yetkazgani ko‘rsatildi.
JPMorgan bu ayblovlarni rad etdi. Bankning bayonotida ta’kidlanishicha, hisob raqamlarni yopish faqat yuridik yoki tartibga oid xavf tug‘ilgandagina amalga oshiriladi. Tramp bunda boshqa moliya institutlarini ham aybli borligini aytdi. JPMorgan esa o‘z siyosatiga rioya qilganini va hisoblarni yopishda hech qanday siyosiy motiv yo‘qligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp oilasi kriptovalyutalardan 1,4 mlrd dollar ishlab topgani haqida xabar berilgan edi.