Volkswagen yangi Touareg 2026 3.0 TSI Elite modelini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Narxi $108,4 ming atrofida
Volkswagen yangi Touareg 2026 3.0 TSI Elite modelini taqdim etdi / Foto: Volkswagen

Volkswagen kompaniyasi Xitoyda Touareg 2026 3.0 TSI Elite modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Foto: Volkswagen

Yangi model Obsidian Black Sport Package stilistik paketi bilan jihozlangan. Unga R uslubidagi qora sport bamperlar, yon oynalar atrofidagi qora qoplama, tashqi ko‘zgularning qora korpusi va tom relinglari kiradi. Shuningdek, avtomobil IQ.LIGHT HD matritsali faralar va 21 dyuymli qora yengil qotishmali Leeds disklari bilan ta’minlangan.

Salonida 15,05 dyuymli ekranli Discover Pro media tizimi, 12 dyuymli raqamli asboblar paneli, 18 yo‘nalishda elektr sozlanadigan old o‘rindiqlar, 30 rangli ambient yoritish, to‘rt zonali iqlim nazorati, kalitsiz kirish tizimi, yukxona eshigining elektr yuritmasi va Dynaudio Consequence audio tizimi mavjud.

Foto: Volkswagen

Texnik jihatdan avtomobil 340 ot kuchiga ega 3,0 litrli benzinli V6 dvigatel, 8 pog‘onali ZF avtomat uzatmalar qutisi, Torsen markaziy differensialiga ega 4Motion to‘liq yuritma tizimi, besh rejimli adaptiv pnevmatik osma va sakkizta harakat rejimi bilan jihozlangan. Shuningdek, qorong‘i vaqtda haydash imkoniyatlarini kengaytiruvchi tungi ko‘rish tizimi ham taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkswagen Magotan gibrid modeli rasman tasdiqlangan edi.

Shuningdek