
Kun qiziqarli bo‘ladi. Agar siz o‘z imkoniyatlaringizni to‘g‘ri baholasangiz, qo‘yilgan maqsadlarga erisha olasiz va xatolarga yo‘l qo‘ymaysiz. Yaxshisi, murakkab vazifalarni yolg‘iz o‘zingiz hal qilmang, balki sizni yaxshi biladigan va bir necha bor yordam bergan odamlarning qo‘llab-quvvatlashiga ishoning. Quyida 24-yanvar uchun munajjimlar bashoratini taqdim etamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)
Ko‘p ishlarni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ertalabdanoq ishga kirishing va shoshiling. Tong yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun ham, ilgari boshlangan ishlarni yakunlash uchun ham juda mos keladi. Bu vaqtda siz tafsilotlarga, ayniqsa, e’tiborli bo‘lasiz, hech narsani e’tibordan chetda qoldirmaysiz. Hatto kichik xatolarga ham yo‘l qo‘ymaysiz. Bundan tashqari, sizni hech kim chalg‘itmaydi, shuning uchun diqqatingizni jamlay olasiz.
Buzoq (21.04 – 20.05)
Bir vaqtlar boshingizni qotirgan muhim masalalarni hal qilish uchun bundan qulayroq kunni topish qiyin. Bugun javoblarni topish nisbatan oson bo‘ladi, garchi hech kim sizga yordam bermasa ham. Hamma narsada intuitsiyaga tayanish mumkin, ammo u moliyaviy ishlar, xaridlar va bitimlar bilan bog‘liq hamma narsada ayniqsa kuchli bo‘ladi. Pul tushumlari, shu jumladan, kutilmagan manbalardan kelib tushishi mumkin. Ba’zilar daromadni qanday oshirishni o‘ylab topadi va keyingi haftadayoq bu rejani amalga oshirishni boshlaydi.
Egizaklar (21.05 – 21.06)
Bu foydali ishlar, ayniqsa, muvaffaqiyatli yakunlanishi nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz uchun ham muhim bo‘lgan ishlar uchun yaxshi kun. Oson bo‘ladi deb bo‘lmaydi. Ehtimol, kuch sarflash, bir nechta urinishlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Ammo siz yuzaga kelgan muammolar uchun tashvishlanmaysiz yoki qiyinchiliklar oldida chekinmaysiz. Aksincha, ba’zi murakkab vazifalarga qiziqarli chaqiriq sifatida qaraysiz va bu kunni qiziqarli qiladi.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)
Hatto siz bu kunga alohida biror narsa rejalashtirmagan bo‘lsangiz ham, ishlar odatdagidan ko‘ra qiyinroq kechishi mumkin. Ehtimol, kimdir o‘ylagan narsangizni amalga oshirishingizga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘ladi. O‘z manfaatlaringizni himoya qilish uchun ancha qattiq harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi.
Moliyaviy masalalarni, ayniqsa, nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz uchun ham muhim bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun yaxshi kun bo‘ladi. Umuman olganda, oilaviy ishlar bilan shug‘ullanish, qarindoshlarni bezovta qilayotgan masalalarni hal qilish mumkin.
Arslon (23.07 – 22.08)
Kun muloqot uchun qulay bo‘ladi, ko‘plarni yoqimli tanishuvlar kutmoqda. O‘z ishi yoki sevimli mashg‘uloti bilan bog‘liq tadbirlarga borgan burj vakillari nafaqat vaqtlarini maroqli o‘tkazadi, balki ko‘plab foydali ma’lumotlarni ham o‘rganadi. Qiziqarli takliflar ham bo‘lishi mumkin. Ehtimol, siz qandaydir istiqbolli loyiha ustida ishlashga qo‘shilishingiz mumkin.
Parizod (23.08 – 23.09)
Hatto hamma narsa muvaffaqiyatli bo‘lmasa va ba’zi qiyinchiliklar yuzaga kelsa ham optimizmni va muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonchni saqlab qolasiz. Bu atrofdagilarga juda yoqadi.
Kichik pul tushumlari bo‘lishi mumkin, eski qarzingizni qaytarishlari yoki avval bajargan ishingiz uchun haq to‘lashlari ehtimoli yo‘q emas. Agar siz so‘nggi paytlarda daromadingizni qanday oshirish haqida o‘ylagan bo‘lsangiz, bugun aniq g‘oyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Tarozi (24.09 – 23.10)
Xarid qilish va moliyaviy masalalarni hal qilish uchun qulay kun. Pul masalasida siz tavakkal qilmaysiz va yengil qarorlar qabul qilmaysiz. Bunday yondashuv juda oqilona bo‘ladi, u tufayli siz ortiqcha xarajat qilmaysiz. Kichik xaridlar muvaffaqiyatli bo‘ladi, hatto ular haqida uzoq o‘ylamasdan, yo‘l-yo‘lakay qaror qabul qilinsa ham.
Chayon (24.10 – 22.11)
Ko‘p ishlarda muvaffaqiyatga erishish mumkin, lekin shuni yodda tutish kerakki, buning uchun harakat qilish kerak bo‘ladi. Hatto oddiy masalalarni ham tezda hal etishga umid qilmagan ma’qul. Qandaydir kutilmagan kechikishlar yuzaga kelishi va yordam va’da qilgan odamlar yordam bera olmasligi ehtimoli ko‘proq.
Pul tushumlari ehtimoli bor. Gap katta miqdordagi mablag‘lar haqida borishi dargumon, ammo siz ularni o‘z vaqtida olasiz va o‘zingizga yoqimli xaridlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
O‘qotar (23.11 – 21.12)
Bu qiyin ishlarni yolg‘iz bajarish uchun eng yaxshi kun emas. Tongni ittifoqchilar izlashga bag‘ishlash ancha foydali bo‘ladi. Hamma narsada suyanish mumkin bo‘lgan odamlar juda kerak. Eski tanishlaringizdan biri tashvishlaringizning bir qismini o‘z zimmasiga olishi ehtimoldan xoli emas. Yaqinda birinchi marta uchrashgan odamlar esa ajoyib maslahatlar berishi yoki sizni qiziqarli fikrlarga undashi mumkin.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)
Ilgari hammani boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ygan masalalarni yechishga muvaffaq bo‘linishi ehtimoldan xoli emas, bunga tajriba va sog‘lom fikr yordam beradi. Hamfikrlar bilan muhim narsalar haqida suhbatlashish, ulardan maslahat yoki yordam olish imkoniyati bo‘ladi.
Agar bu kun uchun katta rejalaringiz bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida bir nechta ish bilan shug‘ullanishga tayyor bo‘ling. Bir vazifadan ikkinchisiga o‘tib, izchil harakat qilish bugun deyarli mumkin emas. Siz xatoga yo‘l qo‘ymaysiz, hatto bir vaqtning o‘zida ko‘p narsalarni o‘ylashga to‘g‘ri kelsa ham, hech narsani unutmaysiz va chalkashtirmaysiz.
Qovg‘a (21.01 – 18.02)
Kun yangi tanishuvlar uchun juda qulay. Agar siz uzoq vaqtdan beri muloqot doirasini kengaytirish haqida o‘ylagan bo‘lsangiz, bugun buni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Kasbiy yoki ijodiy tadbirlarda duch keladigan odamlarga yondashish oson bo‘ladi. Yoqimli suhbat uzoq hamkorlik, chin do‘stlik yoki ishqiy sarguzashtning boshlanishi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Pul tushumlari, shu jumladan, kutilmagan manbalardan kelib tushishi mumkin. Siz shoshilmaysiz va olgan narsangizni darhol sarflamaysiz va bu juda oqilona bo‘ladi.
Baliq (19.02 – 20.03)
Kun juda samarali o‘tadi. Vaqtni behuda sarflashni xohlamaysiz va ertalabdan muhim ish bilan shug‘ullanasiz. Nafaqat siz, balki yaqinlaringiz uchun ham muhim bo‘lgan bir nechta murakkab masalalarni hal qilishga muvaffaq bo‘lasiz. Kichik narsalarga e’tibor bering, barcha tafsilotlarni o‘rganishdan erinmang, bu xatolardan qochish, hech narsani o‘tkazib yubormaslik imkonini beradi. Biroq moliyaviy masalalarda ehtiyot bo‘ling, chunki bu yerda keragidan ortiqcha pul sarflash xavfi bor.