Andijonda firibgarlik holati fosh etildi

eʼlon qilindi
Gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Andijonda firibgarlik holati fosh etildi
Foto: Depositphotos

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Oltinko‘l tumanida yashovchi 1995, 1998 va 2002-yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs kripto-aktivlar bilan shug‘ullanuvchi, 2004-yilda tug‘ilgan fuqaroni avtomashinasiga majburan o‘tqazib, o‘zlarini go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirgani ma’lum bo‘ldi.

Jinoyatchilar tovlamachilik yo‘li bilan jabrlanuvchining $100 ming miqdoridagi kriptovalyutasini o‘zlashtirgan va evaziga unga $160 ming bergan. Tezkor tadbirlar davomida soxta xodimlar qo‘lga olinib, ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi «a» bandi va 176-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida qayd etilgan yana bir holatda Denov shahrida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan va muqaddam sudlangan shaxs Tojikiston Respublikasining 1993-yilda tug‘ilgan fuqarosini noqonuniy ravishda ushlab turgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u ilgari Dushanbe shahrida yashovchi tanishiga $11 ming bergan va garov sifatida uning sherigini Denov shahrida olib qolgan.

Mablag‘lar o‘z vaqtida qaytarilmagach jabrlanuvchini tutqunlikda saqlab, turli qiynoqlarga solgan va og‘ir tan jarohati yetkazgan. Hozirda gumondorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri onlayn ish va’dasi bilan fuqarolardan millionlab so‘m undirgan firibgarlar aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek