Boeing 767-300 samolyoti auksionga qo‘yildi

Boeing 767-300 rusumli samolyoti auksionga qo‘yildi. Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati 30-yanvar kuni soat 09:00 etib belgilangan. Savdo jarayoni esa shu kuni soat 10:00 da boshlanadi.
Samolyotning boshlang‘ich narxi 3 trln 10 mlrd so‘mni tashkil etadi. Auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli miqdori boshlang‘ich narxning 5 foizi bo‘lib, 215 mlrd so‘m etib belgilangan. Savdo oshirib borish uslubida o‘tkaziladi va birinchi qadam bahosi 86 mlrd so‘mni tashkil etadi, bu boshlang‘ich narxning 2 foiziga teng.

Auksion Toshkent shahri Sergeli tumani hududida, uchuvchilar shaharchasida joylashgan «Uzbekistan Airways Technics» MChJ hududida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, lot savdodan olib tashlangan. Bunga Majburiy ijro byurosining Sergeli tuman bo‘limi tomonidan 10-yanvar 2026-yilda yuborilgan 16-sonli yozma so‘rov xati asos bo‘lgan.
Kursiv Uzbekistan qor sababli Farg‘onaga qo‘nuvchi ayrim aviareyslar boshqa aerodromlarga yo‘naltirilgani haqida yozgan edi.