Bozor xizmatlari hajmining uchdan bir qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keldi
eʼlon qilindi
Xizmatlar hajmi bo‘yicha Samarqand viloyati ikkinchi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 050,3 trln so‘mni tashkil etdi. Eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, poytaxtda yil davomida 397,4 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bu umumiy hajmning qariyb uchdan bir qismiga teng.
Hududlar kesimida qaralganda, xizmatlar hajmi bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchi viloyatlar qatoridan joy oldi. Bu hududda 78,2 trln so‘mlik bozor xizmatlari amalga oshirilgan. Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ko‘rsatkichlar teng bo‘lib, har ikki hududda 71,8 trln so‘mdan xizmat ko‘rsatildi.
| Hudud | Xizmatlar hajmi (trln so‘m) |
|---|---|
| Toshkent shahri | 397,4 |
| Samarqand viloyati | 78,2 |
| Toshkent viloyati | 71,8 |
| Farg‘ona viloyati | 71,8 |
| Namangan viloyati | 56,3 |
| Qashqadaryo viloyati | 54,1 |
| Andijon viloyati | 54,0 |
| Buxoro viloyati | 42,6 |
| Xorazm viloyati | 36,9 |
| Surxondaryo viloyati | 35,6 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 35,2 |
| Navoiy viloyati | 25,7 |
| Jizzax viloyati | 24,6 |
| Sirdaryo viloyati | 14,6 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 147 mlrd dollardan oshgani haqida yozgan edi.