Yangiliklar

Bozor xizmatlari hajmining uchdan bir qismi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keldi

Xizmatlar hajmi bo‘yicha Samarqand viloyati ikkinchi
Xizmatlar bozorining uchdan bir qismi Toshkent hissasiga to‘g‘ri keldi
Foto: Cargoclub

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 050,3 trln so‘mni tashkil etdi. Eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, poytaxtda yil davomida 397,4 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bu umumiy hajmning qariyb uchdan bir qismiga teng.

Hududlar kesimida qaralganda, xizmatlar hajmi bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchi viloyatlar qatoridan joy oldi. Bu hududda 78,2 trln so‘mlik bozor xizmatlari amalga oshirilgan. Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ko‘rsatkichlar teng bo‘lib, har ikki hududda 71,8 trln so‘mdan xizmat ko‘rsatildi.

HududXizmatlar hajmi (trln so‘m)
Toshkent shahri397,4
Samarqand viloyati78,2
Toshkent viloyati71,8
Farg‘ona viloyati71,8
Namangan viloyati56,3
Qashqadaryo viloyati54,1
Andijon viloyati54,0
Buxoro viloyati42,6
Xorazm viloyati36,9
Surxondaryo viloyati35,6
Qoraqalpog‘iston Respublikasi35,2
Navoiy viloyati25,7
Jizzax viloyati24,6
Sirdaryo viloyati14,6

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 147 mlrd dollardan oshgani haqida yozgan edi.