
Hafta davomida dollar 174 so‘mga oshdi. AQSh valyutasi dushanba kuni pasaygan bo‘lsa, boshlari kunlari o‘sish dinamiklarni ko‘rsatdi.
19-yanvarda dollar kursi 6,88 so‘mga pasayib, 11 962,78 so‘mni tashkil etdi. Bu hafta ichidagi yagona pasayish bo‘ldi va bozorda qisqa muddatli sokinlikni yuzaga keltirdi. 20-yanvardan boshlab vaziyat o‘zgardi. Dollar bir kun ichida 88,93 so‘mga oshib, 12 050 so‘mga yetdi. Bu haftadagi eng keskin kunlik o‘sish sifatida qayd etildi.
21-yanvarda kurs o‘sishi davom etdi. Dollar 21,58 so‘mga ko‘tarilib, 12 072 so‘m etib belgilandi. O‘sish sur’ati sekinlashgan bo‘lsa-da, ijobiy dinamik saqlanib qoldi. 22-yanvarda dollar yana sezilarli tarzda mustahkamlandi. Kurs 48,78 so‘mga oshib, 12 122,07 so‘mni tashkil etdi. Bu bozorda talab kuchayayotganidan dalolat berdi.
Haftaning yakuniy kunida ham o‘sish to‘xtamadi. 23-yanvarda dollar 14,85 so‘mga oshib, 12 136,92 so‘mga yetdi.
Grafik:

Jadval:
| Sana | O‘zgarish (so‘m) | Kurs (so‘m) |
|---|---|---|
| 19-yanvar | −6,88 | 11 962,78 |
| 20-yanvar | +88,93 | 12 050 |
| 21-yanvar | +21,58 | 12 072 |
| 22-yanvar | +48,78 | 12 122,07 |
| 23-yanvar | +14,85 | 12 136,92 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 26-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.