Gadjetlar

Honor Magic8 RSR smartfon sotuvda rekord o‘rnatdi

Ushbu smartfon ishlab chiqaruvchining egri ekranli so‘nggi flagmani bo‘lishi mumkin
Honor Magic8 RSR smartfoni tez orada sotuvga chiqadi
Foto: Honor

Honor kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan Honor Magic8 RSR smartfoni sotuvda rekord o‘rnatdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Ushbu smartfon ishlab chiqaruvchining egri ekranli so‘nggi flagmani bo‘lishi mumkin. Keyingi avlod qurilmalari esa tekis displey bilan taqdim etiladi.

Experience More manbasiga ko‘ra, navbatdagi Honor Magic8 avlodi taxminan 6,8 dyuymli tekis ekran bilan jihozlanadi. Hozirgi Magic8 RSR modelida esa ekran diagonali 6,71 dyuymni tashkil etadi.

Honor Terminal kompaniyasining savdo va servis bo‘yicha prezidenti Van Ban taqdim qilgan hisobotga ko‘ra, Honor Magic8 RSR Porsche Design savdolardan tushgan daromad bo‘yicha avvalgi barcha Porsche Design modellarini ortda qoldirgan. Natijada ushbu model brend tarixida yangi rekord o‘rnatgan. Shuningdek, Honor Magic8 Pro Air savdolarining ilk kunidayoq iPhone Air’dan ko‘proq sotilgani qayd etilgan.

Honor Magic8 RSR 7200 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. Qurilma 120 vattli simli va 80 vattli simsiz tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan ishlaydi va 200 megapikselli kamera bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor 6,1 mm qalinlikdagi Magic 8 Pro Air smartfonini taqdim qilgani haqida yozgan edi.