Maryam Tillayaeva obunachilaridan $5 mlnlik samolyot sotib olishda yordam so‘radi

eʼlon qilindi
U oddiy aviakompaniyalar orqali uchishda aeroportlardagi stress, navbatlar va reyslarning kechikishlaridan charchaganini qayd etgan
Maryam Tillyaeva obunachilaridan $5 mlnlik samolyot sotib olishda yordam so‘radi
Foto: Tillayeva instagram sahifasi

Bloger Maryam Tillayaeva Telegramdagi kanalida parvozlar bilan bog‘liq qiyinchiliklardan nolidi. U oddiy aviakompaniyalar orqali uchishda aeroportlardagi stress, navbatlar va reyslarning kechikishlaridan charchaganini qayd etgan.

Bloger muammoni hal qilish uchun obunachilariga noodatiy taklif bilan chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Instagram’dagi har bir obunachi $3,5 dan yuborsa, jami $5,25 mln mablag‘ to‘planadi. Shu pul evaziga u kichik shaxsiy samolyot sotib olishni rejalashtirganini aytdi.

Maryam Tillayaeva ushbu tashabbus evaziga obunachilarini ham rag‘batlantirishni va’da qildi. Uning aytishicha, kelajakda har hafta bitta obunachini tanlab, u bilan birga dunyo bo‘ylab parvoz qilishni rejalamoqda.

Bloger shaxsiy samolyot unga asosan Yevropada istiqomat qilayotgan oila a’zolari yoniga qulay va tez-tez qatnash uchun kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Maryam Tillayeva bo‘lajak to‘yi tafsilotlarini ochiqlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek