Yangiliklar

Tinchlik kengashini imzolagan Mirziyoyev, Ispaniyada halokatli poyezd to‘qnashuvi  — hafta davomida e’lon qilingan muhim yangiliklar

Tramp Mirziyoyevni Tinchlik kengashiga qo‘shilishga taklif qildi
Hafta davomida qanday hodisalar yuz berdi
Foto: World.travel.uz

Tinchlik kengashini imzolagan Mirziyoyev, Ispaniyada halokatli poyezd to‘qnashuvi  — hafta davomida e’lon qilingan muhim yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Tramp Mirziyoyevni Tinchlik kengashiga qo‘shilishga taklif qildi

Tramp Mirziyoyevni Tinchlik kengashiga qo‘shilishga taklif qildi

Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev nomiga Donald Trampdan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etishga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif yuborildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maktubda ushbu tashabbus 2025-yil 29-sentabrda e’lon qilingani, u jahon yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangani hamda BMT Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 17-noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan ma’qullangani qayd etilgan. Tashabbus G‘azodagi mojaroni tugatishga qaratilgan kompleks reja asosida ishlab chiqilgan.

Fond bozori: «Ipoteka-bank» aksiyalari bir haftada 82 foizga oshdi

AQSh Federal zaxira tizimi stavkani pasaytirdi, ammo Oracle natijalari fond bozoriga salbiy ta’sir qildi

Foto: ijtimoiy tarmoq

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 9-yanvardan 16-yanvargacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 3,43 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «Ipoteka-bank»ning oddiy aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 82,39 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Aloqabank» (+43,18%) va «O‘zsanoatqurilishbank»ning oddiy (+40,31%) aksiyalarida ham o‘sish qayd etildi.

Sherzodxon Qudratxo‘ja: tahdidlar kuchaysa O‘zbekiston yadroviy bombacha qilishga harakat qilishi mumkin

Foto: Videodan ekran tasviri

O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja global xavfsizlikdagi o‘zgarishlar va ehtimoliy tahdidlar sharoitida kuchli davlatlar ilm-fan va fundamental tadqiqotlarga tayanishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, iqtisodiyoti va ilmiy bazasi yetarli bo‘lgan davlatlar, zarurat tug‘ilsa, xavfsizlik masalasida yadroviy choralar haqida ham o‘ylashga majbur bo‘ladi.

Samsung nosoz SSD uchun ikki barobar ko‘proq kompensatsiya to‘ladi

Foto: Depositphotos

Samsung kompaniyasi nosoz SSD uchun mijozga qurilmaning dastlabki narxidan ancha yuqori miqdorda kompensatsiya to‘ladi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda. Foydalanuvchi AQShdagi Reddit platformasida xabar qoldirgan.

Gap 4 TB xotiraga ega Samsung 990 Pro SSD haqida ketmoqda. Qurilma xotira narxlari oshishidan oldin sotib olingan. Foydalanish jarayonida SSD beqaror ishlay boshlagan, keyinchalik esa butunlay ishdan chiqqan. Samsung texnik ko‘magi tekshiruvdan so‘ng qurilmani ta’mirlab bo‘lmasligini tasdiqlagan.

O‘zbekistonliklar uchun AQSh vizasini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlandi

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qo‘shma Shtatlar vizasini soddalashtirish bo‘yicha muzokaralar boshlangan. Bu haqda O‘zbekistonning Amerikadagi elchisi Furqat Siddiqov Daryo.uz’ga ma’lum qildi.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, aholi uchun AQSh viza rejimini yengillashtirish borasida muntazam harakat ketmoqda. U kutilgan natijaga erishish esa oson kechmasligi tabiiy holat ekanini ta’kidlagan.

Sea Breeze Uzbekistan bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari qachon bo‘lishi aytildi

Foto: Kursiv Uzbekistan

Davlat ekologik ekspertizasi markazining ma’lum qilishicha, Sea Breeze Uzbekistan turistik majmuasi qurilishi loyihasi bo‘yicha atrof-muhitga ta’sirni baholash yuzasidan jamoatchilik eshituvi 2026-yil 23-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Loyiha Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Chorvoq suv omborining sharqiy qirg‘og‘i hududida joylashgan bo‘lib, zamonaviy turistik infratuzilmani barpo etishni nazarda tutadi. U 577 gektar maydonni va unga tutash 3000 gektar maydonni egallaydi. Unda dam olish maskanlari, suzish havzalari, sport maydonchalari, do‘konlar, xizmat ko‘rsatish markazlari, shuningdek, festivallar, konsertlar va konferensiyalar o‘tkaziladigan joylar bo‘ladi. Ikki qirg‘oq o‘rtasida ko‘prik ham quriladi.

Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashib ketdi — qurbonlar bor

Ispaniyada ikki poyezd to‘qnashib ketdi — qurbonlar bor

Foto: Reuters

Ispaniyaning janubida ikki poyezd ishtirokida sodir bo‘lgan temiryo‘l halokati oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar jarohat oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Voqea 2026-yil 18-yanvar kuni Kordoba viloyatidagi Adamuz shahri yaqinida yuz berdi. Malaga – Madrid yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi Iryo poyezdi relsdan chiqib, qo‘shni yo‘ldan kelayotgan Madrid – Uelva yo‘nalishidagi Renfe kompaniyasiga qarashli Alvia poyezdi bilan to‘qnashdi. Natijada ikkala poyezd ham relsdan chiqib ketdi.

Jahon bozorida neft narxi pasaydi

19-yanvar kuni jahon birjalarida neft narxi pasayishni boshladi. Bunga Erondagi fuqarolik tartibsizliklarining yumshashi va AQSh zaxiralarining oshishi sabab bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotiga ko‘ra, Brent markali neftning bir barreli narxi 28 sent (0,44 foiz)ga arzonlashib, $63,85 ni tashkil qildi. AQShning WTI (West Texas Intermediate) markasi esa fevral oyi fyucherslari bo‘yicha 36 sentga pasayib, $59,08 ga teng bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqi AQSh bilan savdo kelishuvini to‘xtatmoqchi

Yevropa parlamenti deputatlari Bryussel va Vashington o‘rtasidagi transatlantik savdo kelishuvini tasdiqlashdan bosh tortishi mumkin. DW xabariga ko‘ra, bunga Donald Trampning Grenlandiya masalasida Yevropa mamlakatlariga nisbatan kutilmagan ultimatum qo‘ygani sabab bo‘ldi.

Yevroparlamentdagi eng yirik fraksiya Yevropa xalq partiyasi yetakchisi Manfred Veber X ijtimoiy tarmog‘ida ushbu qaror haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy vaziyat barqarorlashmaguncha, kelishuvni ratifikatsiya qilish imkonsiz. Donald Tramp Grenlandiya oroli bo‘yicha o‘z qarashlarini qo‘llab-quvvatlamagan Yevropaning 8 ta davlatiga nisbatan 10 foizlik boj to‘lovlari joriy etish bilan tahdid qilgan. 

Zomindagi kanat yo‘li 200 mlrd so‘mdan ko‘proqqa sotildi

O‘zbekiston Milliy banki Zomin tumanida joylashgan kanat yo‘lini auksion orqali sotdi. Savdolar E-auksion platformasida bo‘lib o‘tdi. Auksionga kanat yo‘lini boshqaruvchi Zomin Ropeway kompaniyasining 100 foiz ulushi qo‘yildi. Savdolar yakuniga ko‘ra, g‘olib sifatida Ref Ropeway Invest kompaniyasi e’tirof etildi. Xarid summasi 215,067 mlrd so‘mni tashkil etdi va mablag‘ to‘liq to‘langan.

Metan «otmen»: birja savdolariga chiqariladigan avtobenzin hajmi oshiriladi

24-dekabr kuni metan "zapravka” qaysi vaqtlarda ishlaydi

Foto: Energetika vazirligi

Sovuq ob-havo tufayli metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritilishi ortidan «O‘zbekneftgaz”»AJ birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmini talabdan kelib chiqib oshiradi. Qayd etilishicha, aholi va bozorni avtobenzin bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida barcha hududlarda yetarli miqdorda yoqilg‘i zaxiralari shakllantirilgan. Avtobenzinga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan va buning uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Jizzaxda yangi Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi ochildi

Jizzax viloyatida yangi Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi ishga tushdi

Foto: Senat.uz

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumani hududida yangi Mikrosanoat va xizmat ko‘rsatish markazi barpo etildi va faoliyat boshladi. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 45 mlrd so‘mni tashkil etuvchi markazda jami 35 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada hududdagi 1 ming nafar aholi bandligi ta’minlanib, ular doimiy daromad manbaiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda «Aqlli» migratsiya shoxobchalari joriy etiladi

O‘zbekistonda «Aqlli» migratsiya shoxobchalari joriy etiladi

Foto: Sun’iy intellekt

Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istondagi har bir tuman yoki shaharda migratsiya va personalizatsiya bo‘linmalarida SI asosida «Aqlli» migratsiya shoxobchalari tashkil etiladi. Dastlabki bosqichda «Aqlli» shoxobchalarda belgilangan davlat xizmatlari ko‘rsatiladi, so‘ngra Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Mazda 6e avtomobili nega ommalashmoqda

Foto: Motor1 Italy

Xitoyda Changan bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan Mazda 6e elektromobili Yevropa bozorida muvaffaqiyatli start oldi. Model 2025-yil sentabrdan buyon Yevropada sotuvga chiqarilgan. Oradan besh oyga ham yetmay, model 7 mingdan ortiq xaridorlar topgan. Yangi va faqat elektr avtomobil uchun bu sezilarli natija hisoblanadi.

Tramp oilasi kriptovalyutalardan 1,4 mlrd dollar ishlab topdi

AQSh prezidenti Donald Trampning oilasi 2025-yilda kriptovalyutadan taxminan $1,4 milliard daromad olgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

GM haydovchi nigohi orqali yo‘lakni avtomatik o‘zgartirish tizimini joriy etadi

GM haydovchi nigohi orqali yo‘lakni avtomatik o‘zgartirish tizimini joriy etadi / Foto: GM

GM haydovchi nigohi orqali yo‘lakni avtomatik o‘zgartirish tizimini joriy etadi

General Motors haydovchining nigohi orqali avtomobilning yo‘lakni avtomatik almashtirish texnologiyasini patentladi. Bu haqda The Truth about cars ma’lum qildi.

OpenAI IPOga tayyorlanmoqda

Foto: Trashbox

OpenAI o‘zining ilk gadjetini 2026-yilda taqdim etishni rejalashtirmoqda

OpenAI kompaniyasi o‘zining birinchi aqlli qurilmasini joriy yilning ikkinchi yarmida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniyaning global siyosat bo‘yicha rahbari Kris Lehane ma’lum qildi.

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

Toshkentdagi ikkita dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinadi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan «Bo‘z bozor» va «Navro‘z» dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma asosida qayta tashkil etiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

2026-yilgi «Oskar» nominantlari e’lon qilindi

2026-yilgi «Oskar» nominantlari e’lon qilindi / Foto: AP

2026-yilgi «Oskar» mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi — ro‘yxat

Amerika kinoakademiyasi «Oskar – 2026» mukofotiga nomzodlarni e’lon qildi. Mukofotlarni topshirish marosimi 16-mart kuni Los-Anjeles shahridagi Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi.