
2025-yilda jamoat transportida 162,4 mln ta safarda ATTO kartalari orqali 36,9 mlrd so‘m mablag‘ tejab qolindi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Yil davomida ATTO kartalari orqali jami 162,4 mln safar amalga oshirildi. Shu jumladan, avtobuslarda 124,6 mln, metropolitenda esa 37,7 mln safar qayd etildi.
Natijada, almashinuv tariflari hisobiga yo‘lovchilar 36,9 mlrd so‘m mablag‘ni tejashga erishdi. Ushbu natija jamoat transportidan samarali foydalanish va elektron kartalar tizimini keng joriy etishning ijobiy samarasini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq turizm uchun olib kelinadigan avtobus va elektrobuslar bojxona bojidan ozod etilishi haqida xabar bergan edik.