27-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Dollar oshdi
Курс валют в банках на 12 января
Foto: Jonathan Borba / Unsplash

27-yanvar uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 13,17 so‘mga tushib, 12 098,12 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

19-yanvarda dollar 6,88 so‘mga pasayib, 11 962,78 so‘m, 20-yanvarda 88,93 so‘mga oshib, 12 050 so‘m, 21-yanvarda 21,58 so‘mga oshib, 12 072 so‘m, 22-yanvarda esa 48,78 so‘mga oshib, 12 122,07 so‘m etib belgilandi. 23-yanvarda 14,85 so‘mga oshib, 12 136,92 so‘mga yetdi. 26-yanvarda 51,97 so‘mga tushib, 12 084,95 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 170,31 so‘mga tushib, 14 353, 21 so‘mni, rubl 0,67 so‘mga tushib, 158,64 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi. 

Shuningdek