
FAW Toyota va GAC Toyota Xitoyda xavfsizlikka tahdid soluvchi dasturiy nosozlik sababli deyarli 16 mingta avtomobilni chaqirib olishini e’lon qildi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.
Mazkur jarayon 2026-yil 23-yanvardan boshlanadi va 2025-yil oxiri – 2026-yil boshida ishlab chiqarilgan ikki mashhur krossover modelini qamrab oladi. Shu jumladan, 10,9 mingdan ziyod Toyota RAV4 (2025-yil 5-dekabrdan 2026-yil 13-yanvargacha ishlab chiqarilgan) va 5 mingdan ziyod Toyota Wildlander (2025 yil 11-dekabrdan 2026-yil 12-yanvargacha ishlab chiqarilgan) avtomobillari chaqiriladi.
Avtomobil multimedia tizimining boshqaruv dasturidagi xatodan kelib chiqqan. Noto‘g‘ri sozlamalar sababli dvigatel ishga tushirilgandan so‘ng ekran qorayishi va tizim ishga tushmay qolishi mumkin. Asosiy xavf shundaki, bloklangan interfeys orqali oynalarni qizdirish va shamollatish funksiyalari faollashtirib bo‘lmaydi. Bu esa yomon ob-havo sharoitida oynalarning tumanlashi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi va avariya xavfi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchilar barcha muammoli avtomobillarda dasturiy ta’minotni bepul yangilashni va’da qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangilangan Toyota RAV4 Yevropada savdoga chiqarilgani haqida xabar bergan edik.