Fransiya “Gustave Roussy” brendi ostida Toshkentda onkologiya markazi ochadi

eʼlon qilindi
Ilk 5 o‘zbekistonlik mutaxassis 2026-yil mart oyida Strasburgdagi markazida o‘qitiladi
Fransiya «Gustave Roussy» brendi ostida Toshkentda onkologiya markazi ochadi / Foto: Gustave Roussy

O‘zbekiston delegatsiyasi 19–21-yanvar kunlari Parijda bo‘lib o‘tgan «French Healthcare & Business Forum»da ishtirok etdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Delegatsiyani Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov boshqardi. Forumda 300 dan ortiq delegatlar qatnashdi, shulardan 150 dan ortig‘i O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar vakillari edi.

Delegatsiya Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari va «Gustave Roussy» onkologiya markazi bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda onkologiya, tez yordam, kardiologiya, jarrohlik va qon quyish sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Natijada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va markaz o‘rtasida Toshkentda «Gustave Roussy International» brendi ostida birinchi onkologiya markazini tashkil etish bo‘yicha litsenziya kelishuvi imzolandi.

Hamkorlik doirasida xalqaro klinik protokollarni joriy etish, fransuz ekspertlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish va o‘zbekistonlik mutaxassislarning Fransiyada malakasini oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, sut bezi saratoni davolash sohasidagi ilk 5 o‘zbekistonlik mutaxassis 2026-yil mart oyida Strasburgdagi Pol Shtrous markazida o‘qitiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ziroat Mirziyoyeva dunyo bo‘yicha onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 ayol qatoriga kirgan edi.

Shuningdek