Samarqandda 440 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

eʼlon qilindi
Kattaqo‘rg‘on tumanida
Foto: Energetika vazirligi

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona faoliyati fosh etildi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» viloyat hududiy boshqarmasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, inspeksiya va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Kattaqo‘rg‘on tumanida fuqaroga qarashli issiqxona hech qanday rasmiy hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 440,3 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qibray tumanidagi issiqxonalarda ekoreyd o‘tkazilgani haqida yozgandi.

Shuningdek