Gadjetlar

Samsung Yaponiyada Android bozorida yetakchiga aylandi

Uzoq yillar davomida Android qurilmalari bozorida yetakchilik qilib kelgan Sony so‘nggi yillarda pozitsiyalarini yo‘qota boshladi
Foto: XDA Developers

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Yaponiyada Android smartfonlar segmentida Samsung yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Uzoq yillar davomida Android qurilmalari bozorida yetakchilik qilib kelgan Sony so‘nggi yillarda pozitsiyalarini yo‘qota boshladi. Avvalroq u Google va Samsung ortidan qolgan edi. 2025-yilda esa Samsung Android segmentida yetakchilikni to‘liq mustahkamladi.

Yaponiyada Samsung’ning eng ko‘p sotilgan modellari turli narx toifalarini qamrab oldi. Eng ommabop qurilmalar orasida Galaxy A25 va Galaxy A36 alohida ajralib turdi. Shuningdek, Galaxy S24 FE modeli ham xaridorlar orasida yuqori talabga ega bo‘ldi. Oldingi yillar flagmanlari va yangi Galaxy S25 liniyasi ham savdolarga sezilarli hissa qo‘shdi. Bukiladigan Galaxy Z Flip va Galaxy Z Fold modellari ham o‘z auditoriyasini topdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy A57 qanday dizaynga egaligi haqida yozgan edi.