Qatar vakili Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti etib saylandi

26-yanvar 2026 13:56 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: oca.asia

Bugun 26-yanvar kuni Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy rasman Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) prezidenti etib saylandi. Bu haqda tashkilotning rasmiy manbalari xabar bermoqda.

Yangi saylangan prezident rahbarligida qit’a sport harakati o‘zining yangi sahifasini ochmoqda. Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy o‘z faoliyatida uzoqni ko‘zlagan strategik qarashlar va barqaror rivojlanishga urg‘u berishi kutilmoqda. Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, uning yetakchiligi ostida Osiyo sport hamjamiyati mintaqa bo‘ylab o‘sish, innovatsiyalar va birdamlikni mustahkamlashni maqsad qilgan.

Shuningdek, bugun Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya byurosining 106-yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot faoliyatiga doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, ertaga o‘tkazilishi rejalashtirilgan OOKning 46-Bosh Assambleyasi kun tartibidagi masalalar va tashkiliy jarayonlar atroflicha muhokama qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining O‘zbekistondan Bahraynga ko‘chirilishi sababi ma’lum qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek