
2026-yil 26-yanvardan 4-fevralgacha bir qator shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari vaqtincha qatnovini to‘xtatadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 26-yanvardan boshlab 6412/6411 «Toshkent – Xovos – Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.
Shu bilan birga, 26-yanvardan 4-fevralga qadar 6414/6413 «Toshkent – Guliston – Toshkent» yo‘nalishidagi poyezdlar ham safarlarni amalga oshirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari uchun chipta narxlari 1-fevraldan boshlab 15 foizga oshirilishini xabar qilgan edik.