Migratsiya agentligi 2025-yilda xorijda ishlagan fuqarolar foydasiga $1,9 mln undirdi

2025-yilda Migratsiya agentligi xorijda ishlagan O‘zbekiston fuqarolari foydasiga $1,9 mln undirilishini ta’minladi. Bu haqda idora yil yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, yil davomida ish haqi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 3 ming nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilgan. Ushbu ishlar natijasida fuqarolarga tegishli mablag‘larning qaytarilishiga erishilgan.
Shuningdek, 406 nafar vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari qaytarib berildi. Mazkur hujjatlar avval ish beruvchilar yoki vositachilar tomonidan olib qo‘yilgan bo‘lgan.
Hisobot davrida 8,7 ming nafar murojaatchiga huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatildi. Bundan tashqari, xorijda ishini yo‘qotgan 9,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarosining qayta ishga joylashishiga ko‘maklashilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Migratsiya agentligi xorijda vafot etganlar uchun pul yig‘ish aksiyalariga ishonmaslikka chaqirgani haqida yozgan edi.