Zeekr 009’ga yangi raqobatchi paydo bo‘ldi — Luxeed V9

26-yanvar 2026 21:15 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Zeekr 009’ga yangi raqobatchi paydo bo‘ldi — Luxeed V9 / Foto: Luxeed

Xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchisi yaqinda yangi Luxeed V9 minivenini namoyish etdi. Bu haqda Avtoruonline nashri ma’lum qildi.

Model yaqin ikki oy ichida mahalliy bozorda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, narxi 400 – 500 ming yuan (taxminan $57,3 ming – $71,7 ming) oralig‘ida bo‘ladi.

Luxeed V9 uzunligi 5359 mm bo‘lib, salonida yetti yo‘lovchi uchun joy ajratilgan. Ikkinchi qatordagi alohida o‘rindiqlarni yo‘nalishni o‘zgartirib, orqaga qarab joylashtirish mumkin.

Avtomobilning asosiy yangiligi – havo yostiqcha shaklidagi xavfsizlik qurilmasi, u avariya paytida boshni himoya qiladi. Shuningdek, salon uchun kislorod generatori ham opsiyalar orasida taklif etilgan.

Model gidrid quvvat tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, ikki elektr motor va 37 yoki 53,35 kV·soat sig‘imli batareyaga ega. Luxeed V9 texnologik va xavfsiz mini-ven sifatida taqdim etilgan bo‘lib, bozorning ilg‘or modellari, jumladan Zeekr 009 bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Zeekr 8X chiqarilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek