Abduqodir Husanov Osiyoning ramziy terma jamoasiga kirdi

27-yanvar 2026 19:25 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Husanov
Foto: «Manchester Siti»

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2025-yil uchun OFK (AFC) ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘z o‘rnini topdi.

2025-yil Husanov uchun katta muvaffaqiyatlar yili bo‘ldi. U «Lans» klubidan «Manchester Siti»ga o‘tgach, Angliya Premer-ligasida o‘ynagan ilk o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Shu yilning iyun oyida esa milliy terma jamoa bilan birga Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Goalpost nashri Abduqodir Husanovni 2025-yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 24-yanvar kuni Angliya Premyer-ligasining 23-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Vulverhempton» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongani haqida yozgandi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘yin davomida barqaror harakat qildi.

Shuningdek