
iQOO kompaniyasi iQOO 15R smartfoni Hindistonda 24-fevral kuni rasman taqdim etilishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya X sahifasida e’lon berdi.
Hozircha qurilmaning barcha texnik tafsilotlari ochiqlanmagan. Biroq iQOO 15R Snapdragon 8 Gen 5 protsessori bilan jihozlanishi tasdiqlandi. Smartfon Android 16 asosidagi OriginOS operatsion tizimida ishlaydi va ikkita orqa kameraga ega bo‘ladi.

Amazon India’dagi ma’lumotlarga ko‘ra, iQOO 15R narxi 55 ming hind rupiyasidan (taxminan $599) oshmaydi. Bu esa uni yuqori imkoniyatli, ammo nisbatan arzon flagman sifatida ko‘rsatmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, iQOO 15R aslida Xitoyda taqdim etilgan iQOO Z11 Turbo modelining qayta nomlangan talqini bo‘lishi mumkin.
Kutilayotgan texnik xususiyatlar orasida 6,59 dyuymli AMOLED ekran (144 Hz yangilanish tezligi), 200 megapikselli asosiy kamera va 7 600 mA/soat sig‘imli silikon-karbon batareya bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iQOO 15 Ultra’ning dizayni va ranglari ko‘rsatilgandi. Unga ko‘ra, iQOO 15 Ultra ikki xil rangda sotuvga chiqadi. Och havorang hamda zarg‘aldoq rangli naqshlari tushirilgan qora variant.