Yangiliklar

«Jibek Joly» sayyohlik poyezdi Qozog‘iston va Tojikiston poytaxtlarini bog‘laydi

O‘zbekistonni ham
Туристический поезд Jibek Joly
«Jibek Joly» sayyohlik poyezdi Qozog‘iston va Tojikiston poytaxtlarini bog‘laydi / Foto: Qozog‘iston temir yo‘llari

2026-yil 20-martdan 25-martgacha xalqaro sayyohlik poyezdi «Jibek Joly» birinchi marta Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonni yagona madaniy-ma’rifiy yo‘nalish doirasida bog‘laydi. Bu haqda «Qozog‘iston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Poyezd sayohati «Buyuk Ipak yo‘li»dagi asosiy shaharlarni qamrab oladi: Olmaota – Turkiston – Samarqand – Dushanbe – Toshkent – Olmaota. Sayohat paketiga yo‘l haqi, professional gidlar bilan ekskursiya dasturi, kirish chiptalari va barcha transferlar kiritilgan.

Loyiha Navro‘z bayrami va Ramazon oyining tugashidan keyin amalga oshiriladi. Sayohat ishtirokchilari Markaziy Osiyo xalqlarining bayram an’analari, milliy urf-odatlari va musiqasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmaota – Toshkent tezyurar poyezdi 14-dekabrdan boshlab har kuni qatnay boshlashi haqida xabar bergan edik.