Kino va seriallar

Kinotavsiya: «Mikki 17» filmi nima haqida

2025-yilda suratga olingan ilmiy-fantastik film
Kinotavsiya: «Mikki 17» filmi nima haqida
Kinotavsiya: «Mikki 17» filmi nima haqida / Foto: Flicks

«Mikki 17» («Mickey 17», 2025) Janubiy koreyalik mashhur rejissyor Pon Jun Ho («Parazitlar» muallifi) tomonidan suratga olingan ilmiy-fantastik film.

Bosh rolni Robert Pattinson ijro etgan. Asar Edvard Eshtonning shu nomdagi romaniga asoslangan va inson hayoti, shaxsiyat hamda axloqiy tanlovlar haqida noodatiy savollarni ko‘taradi.

Film voqealari insoniyat yangi, muz bilan qoplangan sayyorani koloniyalashga urinayotgan kelajakda kechadi. Bosh qahramon Mikki, «maxsus xodim» bo‘lib, eng xavfli vazifalar aynan unga topshiriladi. Agar u missiya vaqtida halok bo‘lsa, uning xotirasi va ongini saqlab qolgan holda, yangi tanaga qayta yuklash mumkin.

Микки 17 — Русский трейлер (Дубляж, 2025)

Muammo shundaki, har bir «yangi Mikki» avvalgisining barcha xotiralari, qo‘rquvlari va savollarini meros qilib oladi. Shu tariqa, qahramon o‘zining kimligi, hayotining qadr-qimmati va o‘limning ma’nosi haqida tobora chuqurroq o‘ylay boshlaydi. Film insonni texnologiya orqali «qayta yaratish» mumkin bo‘lgan jamiyatda axloqiy chegaralar qayerda tugashini ko‘rsatadi.

Robert Pattinson Mikki obrazini bir vaqtning o‘zida ham istehzoli, ham fojiali ruhda talqin qiladi. Uning o‘yini orqali tomoshabin bir xil ongga ega, ammo turli vaziyatlarda yashayotgan Mikkilar o‘rtasidagi ichki ziddiyatni his qiladi. Bu rol aktyorning dramatik imkoniyatlarini yana bir bor namoyon etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Shafqat» («Mercy») filmi haqida ma’lumot bergandi