
Meta kompaniyasi o‘z ilovalarida yangi obuna xizmatlarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TechCrunch nashri ma’lum qildi.
Kelgusi oylar davomida Instagram, Facebook va WhatsApp’da foydalanuvchilarga premium tajriba taklif qilinadi. Har bir ilovaga alohida obuna va o‘ziga xos eksklyuziv funksiyalar berilishi rejalashtirilgan. Ushbu obunalar foydalanuvchilarga eksklyuziv funksiyalar, kengaytirilgan SI imkoniyatlari hamda ko‘proq ijodiy imkoniyatlarni taqdim etadi.
Meta yaqinda $2 milliardga sotib olgan Manus sun’iy intellekt agentini obuna rejalariga integratsiya qiladi. Manus Meta mahsulotlariga qo‘shilib, shuningdek, bizneslar uchun mustaqil obunalar sifatida ham sotiladi.
Meta AI ilovasi doirasida foydalanuvchilar Vibes nomli sun’iy intellekt yordamida qisqa videolar yaratish funksiyasidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Instagram’dagi yangi obuna foydalanuvchilarga cheklanmagan auditoriya ro‘yxatlarini yaratish, sizni kuzatmaydigan kuzatuvchilarni ko‘rish va Story’ni egasi ko‘rmasdan tomosha qilish imkonini beradi.
Yangi obunalar Meta Verified’dan alohida bo‘lib, kengroq auditoriyaga mo‘ljallangan. Meta Verified esa kontent yaratuvchilar va bizneslar uchun tasdiqlangan belgi, 24/7 qo‘llab-quvvatlash, shaxsni taqlid qilishdan himoya va boshqa eksklyuziv imkoniyatlarni taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta Avstraliyada yarim million akkauntni bloklagani haqida xabar bergan edik.