
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 10,2 mln so‘mga yaqinlashdi. Markaziy bank 27-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:32 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.
Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 10,036 mln so‘mdan 10,187 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 9,554 mln so‘mdan 9,791 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 9,457 mln so‘mdan 9,692 mln so‘mga ko‘tarildi.
Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish (qadog‘i but) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas) |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 10 187 000 so‘m | 9 791 000 so‘m | 9 692 000 so‘m |
| 10 gramm | 20 373 000 so‘m | 19 582 000 so‘m | 19 384 000 so‘m |
| 20 gramm | 40 746 000 so‘m | 39 164 000 so‘m | 38 768 000 so‘m |
| 50 gramm | 101 866 000 so‘m | 97 910 000 so‘m | 96 921 000 so‘m |
| 100 gramm | 203 732 000 so‘m | 195 820 000 so‘m | 193 842 000 so‘m |
Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Jahon bozorida ham oltin narxi tarixiy rekordni yangilab, $5 ming atrofida shakllanmoqda. 27-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:03 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $5 062 ni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilda oltinning «xavfsiz aktiv» sifatida qanchalik samarali bo‘lishi, qayerdan va qaysi davrda sotib olish eng foydali ekani haqida ekspertlar fikrini o‘rgangandi.