
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi va «Varsovia» universiteti o‘rtasida Andijon filialini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Muloqot davomida universitet 2026–2028-yillar davomida Andijon viloyatidagi filial faoliyatini rivojlantirishga jami $2,35 mln miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.
Mazkur mablag‘lar moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv infratuzilmasini yaxshilash, filial ustav kapitalini oshirish va litsenziya talablariga rioya etishni ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, Polshaning «Varsovia» Biznes va amaliy fanlar universiteti Varshava shahrida joylashgan xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, u biznes va amaliy fanlar bo‘yicha bakalavr va magistratura dasturlarini olib boradi. Universitet Polsha, Slovakiya, Chexiya va O‘zbekistonda filiallarga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Imkon Ventures’ning startaplarga kiritgan sarmoyasi 9 million dollardan oshgani haqida xabar bergan edik.