Gadjetlar

Samsung Galaxy S21 seriyasi so‘nggi yangilanishini oldi

Galaxy S21 liniyasi 2021-yil 14-yanvarda taqdim etilgan edi
Samsung Galaxy S21 seriyasi so‘nggi yangilanishini oldi
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy S21 seriyasi uchun 2026-yil yanvar xavfsizlik yangilanishi tarqatila boshlandi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu apdeyt Galaxy S21, Galaxy S21 Plus va Galaxy S21 Ultra modellari uchun so‘nggi rasmiy yangilanish bo‘lishi mumkin. Galaxy S21 liniyasi 2021-yil 14-yanvarda taqdim etilgan edi. Samsung dastlab ushbu qurilmalar uchun uchta yirik Android yangilanishi va besh yil davomida xavfsizlik patchlari berilishini va’da qilgan. Xavfsizlik bo‘yicha rasmiy qo‘llab-quvvatlash muddati 2026-yil yanvarida yakunlanmoqda.

Yanvar yangilanishi Android xavfsizlik patchini o‘z ichiga oladi. Apdeyt Android va One UI tizimlaridagi 55 ta zaiflikni bartaraf qiladi. Ayni paytda G99xNKSSCHZA5 nomli dasturiy ta’minot Janubiy Koreyada tarqatilmoqda. Boshqa mintaqalarda esa yaqin kunlarda paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Mazkur patchdan so‘ng Galaxy S21 modellari uchun rejalashtirilgan qo‘llab-quvvatlash yakuniga yetadi. Biroq jiddiy xavfsizlik muammolari yuzaga kelsa, kompaniya istisno tariqasida qo‘shimcha yangilanishlar chiqarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A57 qanday dizaynga egaligi haqida yozgan edi.