
Volkswagen kompaniyasi Xitoy bozorida yangi Sagitar S sedanini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Ushbu model Volkswagen Jetta o‘lchamidagi analog bo‘lib, yangi kuzov va salon dizayni bilan ajralib turadi.


Yangi sedan o‘lchamlari 4702 × 1815 × 1484 mm, g‘ildirak bazasi esa 2688 mm ni tashkil etadi. Sagitar L modeli bilan solishtirganda, yangi S modeli 110 mm qisqaroq va o‘qlar orasidagi masofa 43 mm ga kamaygan.
Sagitar S saloni ikki rangli dizaynga ega. Media tizim 12,9 dyuymli ekran bilan jihozlangan, raqamli asboblar paneli esa 10 dyuymli ekran orqali ko‘rinadi. Shuningdek, ko‘p funksiyali rul va 30 rangli fon yoritgichi mavjud.

Model ikki xil dvigatel bilan taqdim etiladi. Asosiy variantda 1,5 litrli atmosferali dvigatel 6 pog‘onali avtomat uzatma bilan ishlaydi, muqobil variant esa 1,5 litrli EVO2 turbomotor bo‘lib, 7 pog‘onali ikki muftali robot uzatma bilan ishlash imkonini beradi. Hozircha dvigatel quvvati haqida ma’lumot e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkswagen yangi Touareg 2026 3.0 TSI Elite modelini taqdim etgan edi.