52 yil avval ishlab chiqarilgan noyob «Jiguli» qariyb Chevrolet Malibu narxida sotuvga chiqdi

28-yanvar 2026 15:14 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
52 yil avval ishlab chiqarilgan noyob «Jiguli» sotuvga qo‘yildi
52 yil avval ishlab chiqarilgan noyob «Jiguli» sotuvga qo‘yildi / Foto: Grok

52 yil avval ishlab chiqarilgan noyob «Jiguli» qariyb Chevrolet Malibu narxida sotuvga chiqdi. «Auto.ru»ga ko‘ra, Rossiyada 1974-yilda ishlab chiqarilgan «VAZ-2101» avtomobili sotuvga qo‘yildi.

Avtomobil faqat 38,2 ming kilometr yurgan va to‘liq original holatda. Korpus zavod bo‘yoq bilan saqlangan, chirish yo‘q, bagajda esa zavod stikerlari qolgan. Barcha shinalar yangi, shu jumladan, zaxira g‘ildirak, va avtomobil bilan birga 1:24 o‘lchamdagi model ham beriladi.

Foto: Auto.ru

Mashina Tolyatti zavodida ishlab chiqarilgan va birinchi yillarda italyan texnologiyalari ishlatilgan. U noyob detalarga ega, polga o‘rnatilgan gaz pedali, qanotdagi dumaloq orqa ko‘zgu, alyuminiy bagaj qutisi, radio va antenna. Saloni qizil rangda, bu standart ranglardan kam uchraydi.

Foto: Auto.ru

Avtomobil bir egada bo‘lgan, sovet raqamlari saqlangan. Narxi $26,3 ming. Bu O‘zbekiston sharoitida qariyb Chevrolet Malibu XL narxiga yaqin.

Foto: Auto.ru

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 36 yil oldingi dizel dvigatelli «Volga» Chevrolet Cobalt narxida sotuvga qo‘yilgandi. Unga ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan nusxa juda yaxshi holatda saqlanib qolgan. Avtomobil 1990-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, hozirgi egasi uni 1993-yilda sotib olgan. Shimoliy hududlarda foydalanilgani va doimiy garajda saqlangani uning holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Shuningdek