Yangiliklar

Avstriya kompaniyasi BMB Holding’ga 15 million yevro sarmoya kiritadi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Avstriya kompaniyasi BMB Holding’ga 15 million yevro sarmoya kiritadi / Foto: Facebook

BMB Holding ta’sischilar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Vena shahrida Agrotec GMBH kompaniyasi prezidenti Boris Kandov bilan uchrashdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Muzokaralarda BMB Holding va Agrotec GMBH hamkorligida tashkil etilgan Agrotec GMBH qo‘shma korxonasining faoliyatini takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa bozorlariga yuqori sifat standartlari bilan yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Foto: «Dunyo» AA

Uchrashuv yakunida tomonlar Agrotec GMBH faoliyatini kengaytirish va yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldi. Shuningdek, BMB Holding va Agrotec GMBH o‘rtasida umumiy qiymati 15 mln yevro bo‘lgan investitsion shartnoma imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polshadagi universitet Andijondagi filialiga $2,3 mln sarmoya kiritishi haqida xabar bergan edik.