Banklar va moliya

Banklarda mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaydi, avtokreditlar bo‘yicha oshdi

26-yanvar holatiga ko‘ra
pul
Banklarda mikroqarzlar bo‘yicha foiz stavkalari pasaydi, avtokreditlar bo‘yicha oshdi / Foto: depositphotos

26-yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 30,8 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,3 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «Tenge bank» – 42,6%;
  • «Anorbank» – 41,6%;
  • «AVO bank» – 39,9%
  • «Ipoteka bank» – 37,1%;
  • «Ipak yo‘li banki» – 36,4%.

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 24,1%;
  • «Trast bank» – 24,6%;
  • «Infinbank» – 25,1%;
  • «OFB» – 25,5%;
  • «Milliy bank» – 25,5%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi ham 23,6 foizni tashkil etdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,5 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,3 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Infinbank» – 18,1%;
  • «Ipoteka bank» – 19,9%;
  • «Garant bank» – 20,2%;
  • «Asia Alliance bank» – 20,9%;
  • «BRB» – 22,6%;.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Madad Invest bank» – 27,9%;
  • «Mikrokreditbank» – 27,5%;
  • «Trast bank» – 26,6%;
  • «Asakabank» – 26%;
  • «Turon bank» – 24,9%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 19-yanvar holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilingani haqida yozgandi.